Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat Universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi o`qituvchisi Abdullayev Dadaxonning Poliz ekinlarini ekish sxemalari mavzusidagi ilmiy-nazariy seminari.

Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri S.Sadullaev so‘zga chiqib, kafedra o`qituvchisi  D.Abdullayevga Poliz ekinlarini ekish sxemalari mavzusidagi ma’ruzasini boshlash uchun so’z berdi. Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida Respublikamizdagi oliy o’quv yurtlari talabalarining mazkur mavzu bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish, individual va guruhlarda sohadagi muammolarning yechimini tahlil qilish va qaror qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish, muammolarni yechishda bir necha maqbul yechimlarni topish hamda yaratilgan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish malakasini shakllantirishdan iboratligini gapirdi. Maruzachi o`z maruzasida poliz ekinlarini ekish sxemasini quyidagicha ta`rifladi. Jumladan:Egatlar olishdan ilgari dalani ba'zan 70 va 90 sm oralab mayda egatchalar olish yo'li bilan sug'orish yo'nalishiga ko'ndalang qilib rejalab chiqiladi. Urug'larni shu tariqa rejalangan dalaga ekish qator oralariga beriladigan birinchi ishlovni ikki yo'nalishda o'tkazishga imkon beradi.Urug'lar qo'lda ekilganida ularni sug'orish egatlarining ikkala tomonidan ochilgan chuqurchalarga qadab, reja chizig'i bo'yicha joylashtiriladi. Dala rejalanmagan bo'lsa, urug' qadaladigan chuqurchalar bir-biridan 60-90 sm masofada joylashtiriladi. Birinchi chopiqda tuproqni qisman ariqdan egatga ko'chirib, o'simliklarni ariq tomonga engashtirib qo'yiladi. Poliz ekinlariga mexanizmlar yordamida parvarish qilib borish uchun urug'larni okuchnik-kultivator traktor bilan ochilgan sayozroq egatlarga ekish ancha qulaydir. Keyingi chopiq paytida egatlar orasidagi ko'tarilma yo'qolib ketadi, uning o'rniga esa 2 tomoniga ekin ekilgan egat hosil bo'ladi.Seminar davomida  kafedra professor-o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qildilar va savollariga javob oldilar.

Ulashish: