Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi stajor o'qituvchisi Jumaniyazova Lolaning Ildizmevali sabzavotlarning shifobaxshligi xalq xo'jaligida ahamiyati mavzusidagi ilmiy-nazariy seminari

Jumaniyazova.L  Ildizmevali sabzavotlarning shifobaxshligi xalq xo’jaligida ahamiyati”mavzusida ma’ruzaga chiqdi.Maruzada ildizmevali sabzavotlar haqida gapirdilar.Ildizmevalilar, ildizmevalar — isteʼmol qilinadigan qismi (mevasi) ildizda boʻladigan ekin (sabzavot) lar; Sershira ildizi, yaʼni ildizmevasi uchun ekiladi. Koʻpgina I. oziq-ovqat va yem-xashak ekini hisoblanadi. Bir yillik I. ga rediska, ikki yillik I. ga sabzi, lavlagi, sholgʻom, bryukva, petrushka, selderey, turp kiradi. Ikki yillik I. urugʻi sepilgan yili toʻpbarg chiqarib, ildizmeva hosil qiladi, ikkinchi yili gulpoya chiqarib urugʻ beradi. I. ning mevasi gʻoyat yirik boʻlishi bilan ajralib turadi, mas, yapon turpining ogʻirligi 16—30 kg ga, pastki barglari uzunligi, 1 m ga boradi. Ildizmevada shakar (qand lavlagi, bryukva), inulin (sachratqi), kraxmal (qatron), vitaminlar (sabzi, sholgʻom, rediska) toʻplanadi. I. yaxshi ishlov berilgan, unumdor, namgarchilik yetarli yerlarda moʻl hosil beradi.Shu tariqa maruza tugagach mavzu haqida bahs munozara qildilar.Sabzavotlar sog’lom ovqatlanishda muhim rol o’ynaydi va tanamiz uchun juda ko’p foyda keltiradi. Sabzavotlar, odatda, vitaminlar, mikroelementlar va antioksidantlarga boy hisoblanadi. Sabzavotlar suvda eriydigan vitaminlarning butun spektrini va yog‘da eriydigan A vitamini, beta-karotinning kashshofini o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik beta-karotin yorqin apelsin sabzavotlarida, masalan, sabzi, qovoq. Shu bilan birga (ayniqsa, tuzlangan karam), barcha rangdagi bulg‘or qalampirida ko‘p bo‘lgan C vitamini sog‘ligimiz uchun ham muhimdir.Ko‘p miqdorda B9 vitamini (foliy kislotasi) gulkaram va dukkakli ekinlarda mavjud. Mutaxassisning ta’kidlashicha, inson tanasi vitaminlarni tabiiy manbalardan mukammal tarzda o‘zlashtiradi va agar vitaminlarning so‘rilishi va ularning faol shaklga o‘tishida genetik buzilishlar bo‘lmasa, ratsiondagi turli xil sabzavotlarning yetarli miqdori bizning tanamizni to‘liq qoplashi mumkin. Suvda eriydigan vitaminlarga kundalik ehtiyoj.Yuzaga keladigan tushunmovchiliklarni o’qituvchidan so’raydilar va  talabalar  bir biri bilan savol javob qiladilar va baholanadilar.  Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinki ruhda o’tdi

Ulashish: