Close
Skip to main content


Ogahiy ijod maktabida mahorat darslari davom etmoqda

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat universiteti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

Joriy 14-mart sanasida UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Z.Saidjonova Ogahiy nomidagi ijod maktabining o'quvchilariga mahorat darsi olib bordi. Mahorat darsi "Yozuvchi adabiy-estetik maqsadini ochib berishda takrorning o'rni" (Luqmon Bo'rixonning "Quyosh hali botmagan" qissasi misolida) mavzusida tashkil qilindi. Mashg'ulotda asar qahramonlarining hayoti, syujet jarayonlari yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Ulashish: