Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi stajor o'qituvchisi Matyoqubov Maqsadning Donli ekinlarni biokimyoviy tarkibini aniqlashda ”Nilufar guli” usulidan foydalanish mavzusidagi uslubiy nazariy seminari

Kafedra o‘qituvchisi M.Matyaqubov "Donli ekinlarni biokimyoviy tarkibini aniqlashda “Nilufar guli” usulidan foydalanish" mavzusidag ilmiy-uslubiy seminar mavzusida ma’ruzaga chiqdi.Maruzachi Nilufar (Nelumbo) — nilufardoshlarga mansub suvda oʻsadigan koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Ikkala yarim sharning moʻʼtadil mintaqalarida va tropiklarda 2 turi — guli pushti yongʻoqchali N. (N.nicifera) va sariq N. (W.lutea) oʻsadi. Bargi yirik, qalqonsimon, bandi uzun, suv betida qalqib turadi yoki suvdan yuqori koʻtarilib oʻsadi. Guli yakka, yirik, ikki jinsli, diametri 16 sm gacha boradi, oq yoki pushti, xushboʻy, bargi ustida ochiladi deb maruza qildilar.Mevasi konussimon, koʻp yongʻoqchali, suv ostida yetiladi. N. urugidan yoki ildizpoyasidan koʻpayadi. Unib chiqqanidan keyin 3-yili gullaydi. Hindiston va Xitoyda pushti N. qadimdan muqaddas oʻsimlik hisoblanadi. N.ning madaniy shakllari koʻp. N.ning poyasi, barglarida vitamin S va kauchuk, bandi va novdalarida zaharli modda — nelyumbin bor. Maruzada Nilufar guli haqida ma’lumot berdilar va biokimyoviy tarkibini talabalar bilan birgalikda amalda qo’lladilar. Ular mustaqil o’z guruhi bilan birgalikda mavzuni tahlil qiladilar, tushunmovchiliklarni o’qituvchidan so’raydilar va dars tugashiga 20 minut qolganda guruhlar bir biri bilan savol javob qiladilar va baholanadilar.Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga 

Ulashish: