Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ichki ishlar boshqarmasi Urganch shahar bo'limida til bayrami haqida davra suhbati tashkillashtirildi.

Ichki ishlar boshqarmasi Urganch shahar bo'limida "Ma'naviyat va ma'rifat" soatining bugungi mavzusi tilimizga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag'ishlandi.

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan joriy yilning 21-oktabr sanasida Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi N.Yodgorova ishtirokida Ichki ishlar boshqarmasi Urganch shahar bo'limida davra suhbati tashkil qilindi.

Suhbat davomida davlat tilining nufuzini oshirish, fuqarolar o'rtasida o'zbek tilida to'g'ri muloqotni shakllantirish, bu boradagi qonunlar ijrosini ta'minlash xususida so'z yuritildi.

Ulashish: