Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Taqdirlash

#E'tirof

Xabaringiz bor, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan 21-oktabr kuni o'tkazilgan tantanali tadbirda UrDU O'zbek filologiyasi fakultetining bir qator professor-o'qituvchilari, jumladan, f.f.d., professor Z.Do'simov, f.f.d., professor D.G'ayipov, f.f.n., dotsent A.Primov, f.f.d., professor A.O'razboyevlar o'zbek tilini rivojlantirishga qo'shgan hissalari uchun Xorazm viloyati hokimi Jo'rabek Rahimov tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. 

Bugun bo'lib o'tgan Kengash yakunida O'zbek filologiyasi fakulteti dekani, professor D.G'ayipov tashakkurnomalarni o'z egalariga topshirib, ustozlarimizni ushbu e'tirof bilan qutlab o'tdi.
Shuningdek, referendum va saylov jarayonlarida faol qatnashganligi, jamoat ishlarida jonbozlik ko'rsatganligi uchun fakultetimizning bir qator professor-o'qituvchilariga Urganch shahar hokimi O.Xolboyev tashakkurnomasi topshirildi.

Ulashish: