Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi

UrDU O'zbek filologiyasi fakultetida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni o'tkazildi. Tanlovda fakultetning 6 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar. 

Birinchi shartda ishtirokchilar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni she’riy yoki nasriy yo‘l orqali bayon qilgan bo‘lsalar, ikkinchi shartda nutqiy mahoratni oshiruvchi, chiroyli nutq tuzishning shartlari va sirlarini namoyon qiluvchi, notiqlik san'atini shakllantiruvchi erkin mavzular yuzasidan tuzilgan savollarga javob berib, o'zlarining notiqlik mahoratlarini namoyon qildilar. 

Tanlov davomida Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 221-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishi, kuy-qo'shiq hamda go'zal raqslar tamoshabinlarda yuqori kayfiyatni uyg'otdi.

Ulashish: