Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xotin-qizlar huquqlariga qaratilgan uchrashuv o'tkazildi

Bugun, 16-aprel kuni Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti talabalari ishtirokida UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan "Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikni kelib chiqish sabablari va oqibatlari" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Urganch shahri IIO FMB HPB xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektori Z.Tillaboyeva, UrDU amaliyotchi psixologi M.Avezova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi X.Raximova, "Biologiya" kafedrasi professor-o'qituvchilari va fakultet tyutorlari qatnashdi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston Respublikasining 561 va 562-sonli qonunlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma'ruzalar tinglandi.

Ulashish: