Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDU Kengashining 4-majlisida kafedramizning bir qator professor-o'qituvchilari taqdirlanishdi.

Urganch davlat universiteti  Kengashining  navbatdagi  4-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Har galgi an'anaga muvofiq, Kengash  yigʻilishi avvalida yutuqlar e'tirof etildi. Xususan, Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi X.M.Qodirovaga PhD diplomi topshirildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdirlangan filologiya fanlari doktori, prof.v.b. A.O‘razboyevga “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi.

Shundan soʻng, Kengash yigʼilishi kun tartibidan oʻrin olgan axborotlar, turli xil masalalar bilan o‘z ishini davom ettirdi. OAK dotsenti ilmiy unvoni uchun ariza bergan talabgorlar saylovdan oʻtkazildi.

Ulashish: