Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining final soni bo'lib o'tdi

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan yil davomida o'tkazilib kelinayotgan "Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining final soni o'tkazildi. Tanlovda fakultetning 5 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashdilar.

Birinchi shartda ishtirokchilar o‘zbek tilining mavqeyi va nufuzini oshirishda jadidlarning o'rni va ular ijodida til xususiyatlarining aks etishi borasida o'z fikrlarini bayon qilgan bo‘lsalar, ikkinchi shartda hakamlar hay'ati tomonidan berilgan erkin mavzular yuzasidan tuzilgan savollarga javob berib, o'zlarining notiqlik mahoratlarini namoyon qildilar. 

An'anaga ko'ra, final soni g'olibi A.Ibragimov universitet rektorining noutbuki sohibi bo'ldi.

Tanlov davomida Amaliy filologiya ta'lim yo'nalishi 221-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishi, kuy-qo'shiq hamda go'zal raqslar tomoshabinlarda yuqori kayfiyatni uyg'otdi. 

Tadbir yakunida g'olib talabalarni va tadbirda ishtirok etayotgan ularning ota-onalarini samimiy tabriklab, Diplom va esdalik sovg'alarini topshirildi.

Ulashish: