Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorazm teleradiokompaniyasining "Til – millat ko'zgusi" nomli radioeshittirishi

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari Zamira Madrimova va Mehriniso Atabayevalar Xorazm teleradiokompaniyasining "Til – millat ko'zgusi" nomli radioeshittirishida o'zlarining o'zbek tiliga doir qarashlari bilan chiqish qildilar. 

Radioeshittirish davomida "Xalqaro ona tili" kunining nishonlanishi, tilning tarixiy jarayondagi ahamiyati, o'zbek tilining sofligini o'zida aks ettiruvchi manbalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Kasb-hunar leksikasiga oid ayrim terminlar tahlilga tortildi. Bundan tashqari, tovar belgilari toʻgʻrisida maʼlumot berildi va kundalik hayotimizda foydalaniladigan ayrim mahsulot nomlari, ularga nom berish tamoyillari xususida fikr-mulohazalar yuritildi. Eshittirish yakunida Matnazar Abdulhakim tavalludining viloyatimiz va universitetimiz miqyosida keng nishonlanganligi taʼkidlab oʻtildi.

Ulashish: