Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"O'zbek tili o'qitish metodikasi" fanidan ochiq dars o'tkazildi.  

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi D.Allaberganova tomonidan o'zbek tili sirtqi ta'lim yo'nalishi 214-guruh talabalariga "O'zbek tili o'qitish metodikasi" fanidan ochiq dars o'tkazildi.    

Mashg'ulot "7-8-9-10-11-sinf "Ona tili" darslarining tuzilishi va mazmuni. Ona tili o'qituvchisi faoliyatida qo'llanadigan hujjatlar" mavzusida bo'lib o'tdi. Dars avvalida o'tilgan mavzu savol-javob orqali takrorlandi. Dars davomida "Tezkor savol-javob", "Bilimlar jangi", "Teskari test", "Kuzatish" kabi metodlardan foydalanildi. Darsliklar tahlil qilindi.
Darsda kuzatuvchi sifatida O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari A.Allaberganova, D.Sultanovalar qatnashdi.

Ulashish: