Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida xorijliklar uchun “Oʻzbek tili” kurslari tashkil etildi

Urganch davlat universiteti hamda Turkiya Respublikasining Turkistonliklar madaniyat va ijtimoiy yordam jamiyati oʻrtasida imzolangan oʻzaro hamkorlik memorandumiga asosan, oʻzbek tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida turkiyaliklar uchun “Oʻzbek tili” kurslari tashkil etildi. 

Kurslarda 20 nafarga yaqinga oʻzbek tilini oʻrganishga qiziqish baland turkiyalik turli soha vakillari ishtirok etdi.

“Oʻzbek tili” kurslari Oʻzbek filologiyasi fakulteti “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti Shahnoza Alimova tomonidan onlayn rejimda“Oʻzbekona” dasturi orqali olib borildi.  

“Oʻzbek tili” kurslari A1 dars mashgʻulotlari 09.12.2023 dan 27.01.2024 gacha davom qildi. A1 imtihonidan oʻtgan tinglovchilarga A2 mashgʻulotlari 03.02.2024dan 31.03.2024gacha olib borildi. Kurs yakunida A2 imtihoni oʻtkazildi va imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga Urganch davlat universiteti tomonidan A2 darajadagi sertifikat berildi. 

Endilikda ushbu hamkorlik aloqalarini davom ettirgan holda B1, B2 darajagacha oʻzbek tilini oʻqitishni tashkil qilish rejalashtirilgan. 

Ulashish: