Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek va ozarbayjon filologiyasining dolzarb masalalari mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda O'zbek tilshunosligi kafedrasining ishtiroki

Bugun Ozarbayjon Respublikasi Milliy Ilmlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutida "O'zbek va ozarbayjon filologiyasining dolzarb masalalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ochilishi bo'lib o'tdi.

Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Urganch davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Z.Ibragimov boshchiligida O'zbek filologiyasi fakultetining O'zbek tilshunosligi kafedrasidan bir qancha professor-o'qituvchilari Zoom platformasi orqali ishtirok etishdi.
Yalpi majlisni Ozarbayjon Respublikasi Milliy Ilmlar akademiyasi prezidenti Isa Habibbeli hamda UrDU prorektori Z.Ibragimov kirish so'z bilan ochib berdi.

Ayni paytda mazkur xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Ozarbayjonda xizmat safarida boʻlib turgan Oʻzbek ftilshunosligi kafedrasidan bir guruh professor-oʻqituvchilar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.

Ulashish: