Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Dialektologik amaliyot konferensiyasi bo'lib o'tdi

Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili sirtqi hamda ikkinchi mutaxassislik ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabalariga O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari Sh.Aqmanova, Sh.Alimova, A.Allaberganovalar tomonidan Zoom platformasi orqali Dialektologik amaliyot konferensiyasi o'tkazildi.

Konferensiya davomida ushbu amaliyot talabalar tomonidan o'qish jarayonidan tashqarida o'tkaziladigan, tayyorgarlik, amaliyot va yakuniy bosqichda amalga oshiriladigan mustaqil ishlardan biri hisoblanishi, amaliyot davomida talabalar sheva materiallarini yig'ishi, sheva materiallarini yozib olishda ilmiy yozuv (transkripsiya)dan foydalanishi, shuningdek, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda talabalarga o'zlari yashayotgan hudud obyekt qilib olinganligi va boshqa qoidalar yuzasidan ma'lumotlar berildi. Amaliyot uchun zarur hujjatlar tartibi tushuntirildi.

Ulashish: