Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi stajor o'qituvchi Atajanov Temurning Xorazm viloyati shatoitida so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi innovatsion kurash mavzusidagi ilmiy-nazariy seminari

T.Atajanov  “Xorazm viloyati shatoitida so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi innovatsion kurash”mavzusida ma’ruzaga chiqdi.Ma’ruzada Kimyoviy himoya usuli (oʻsimliklar himoyasida) — oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda kimyoviy moddalardan foydalanish. Jahon qishloq xoʻjaligida 1945-yildan keyin bir qator samarali preparatlar yaratilishi bilan keng qoʻllanila boshladi. Kimyoviy himoya usuliu.da faqatgina xoʻjalik hamda sanitariya-gigiyena jihatdan aprobatsiyadan oʻtgan va Davlat komissiyasi ruxsat etgan pestitsidlar qoʻllaniladi. Bu tadbirlarga rioya qilish qishloq xoʻjaligi mahsulotlarida pestitsidlarning butunlay qolmasligini yoki ular miqdorining yoʻl qoʻyilgan darajadan ortib ketmasligini taʼminlaydi. Oʻzbekistonda dehqonchilikning har bir tarmogʻi uchun kimyoviy vositalarni qoʻllash tadbirlari, yaʼni har bir preparatning sarf meʼyori, ishlov berishni boshlash hamda tugatish muddatlari va takrorlash soni belgilangan. Kimyoviy himoya usuliu.da koʻriladigan tadbirlar 2 xil boʻladi: oldini olish va zararkunandalarni yoʻq qilish. Oldini olish tadbirlari zararkunanda organizmlar oʻsimliklarni shikastlamasdan oldin oʻtkaziladi (urugʻlikni dorilash, kimyoviy preparatlarni ekish bilan birga yerga solish va boshqalar); bu maqsadda foydalaniladigan pestitsid oʻz taʼsir kuchini qoʻllanilgandan keyin maʼlum muddat saqlab turishi kerak. 3ararkunandalarni yoʻq qilishga qaratilgan tadbirlar oʻsimlikni shikastlay boshlagan zararkunandalarga qarshi amalga oshiriladi. Buning uchun ishlov berishni butun ekin maydonlari yoki daraxtzorlarda optimal muddatlarda oʻtkazish zarur. Kimyoviy himoya usuliu.dan toʻgʻri foydalanish uchun zararkunandalar sonini muttasil hisobga olish amalga oshiriladi, shuningdek, zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishi hamda koʻpayishi prognozi tuziladi, ularning zarar keltirish imkoniyati darajasi aniqlanadi, himoya tadbirlarining samaradorligi baholanadi. Zararkunandalar keng tarqalgan joylarda Kimyoviy himoya usuliu. tadbirlari ulardan boshqa samarali himoya choralari boʻlmagandagina oʻtkaziladi.

 

Ulashish: