Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Ilmiy nazariy seminar

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti " Fakultetlararo chet tillar" kafedrasida 2025-yil 7-oktabr kuni 447-xonada navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi.
????Ilmiy-nazariy seminarda "Fakultetlararo chet tillar" kafedrasi professor- o'qituvchilari qatnashdilar.
Seminarda " Fakultetlararo chet tillar" kafedrasi o'qituvchisi Klicheva Nargizaning "Tilshinoslikda noaniqlik kategoriyasi" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi. Ushbu taqdimotda  ilmiy ish  yuzasidan  ma'lumotlar keltirilib, ishning  maqsadi, dolzarbligi va kutilayotgan natijalar haqida  to'xtalib o'tildi.
????Shundan so'ng kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Ulashish: