Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Lyaonin pedagogika universiteti delegatsiyasi Kimyoviy texnologiyalar fakultetida

Bugun, 28-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Lyaonin pedagogika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-ta’limiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga qaratildi.

Tashrif doirasida mehmonlar Kimyoviy texnologiya fakultetida bo‘lib, fakultetda yaratilgan sharoitlar, laboratoriya xonalari, o‘quv-ilmiy jihozlar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari hamda Texnopark faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Amaliy yo‘naltirilgan tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar delegatsiya vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

 

Ulashish: