Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi Respublika tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

2020 yil 28 fevral kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida "O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi" III Respublika tanlovining g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda universitetimizdan tanlov g‘oliblari Fizika-matematika fakulteti Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti Muhabbat Raximbaeva va Horijiy filologiya fakulteti Roman-german filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Zamira Ibragimovalar ishtirok etdi va O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan diplom hamda rangli televizor bilan, Viloyat Ixtirochi ayollar uyushmasi raisi, Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti Anorgul Atajonova O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar. Universitetimiz faxri bo‘lgan olima ayollarimizni yutuqlari bilan chin dildan qutlab, sog‘lik-omonlik va kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Ulashish: