Kimyoviy texnologiyalar fakultetida “Biznes marafon” o‘tkazildi
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida talaba-yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni ish beruvchilar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Biznes marafon” tashkil etildi..jpg)
Mazkur tadbirda Milliy bank Kredit bo‘limi boshlig‘i U.Bekmanov, Urganch “LYUX Fabrik” Kadrlar bo‘limi boshlig‘i A.Atajanova, tadbirkor D.Yuldashev, Xorazm viloyati “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi bosh mutaxassisi O.Otabekov, “XVARA” MCHJ mutaxassisi X.Qodambayev, “Perspektive Texnologik” MCHJ rahbari I.Bayjanov, “KHOREZM INSULATION GROUP” MCHJ laboratoriya mudiri D.Ibragimov hamda “Bahmal” holding kompaniyasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i X.Sobirovlar ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib borishdi. Uchrashuv davomida mehmonlar o‘z faoliyat tajribalari, tadbirkorlikni boshlash jarayonlari, biznesni rivojlantirish imkoniyatlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berishdi..jpg)
Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan amaliy tavsiyalar olish imkoniga ega bo‘lishdi. 