Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O'zbek tilshunosligi kafedrasida "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "Tilshunoslik fanlarini o'qitishning samaradorligini oshirish yo'llari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 11-mart kuni Filologiya va san'at fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasida "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "Tilshunoslik fanlarini o'qitishning samaradorligini oshirish yo'llari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Seminar yig'ilishida kafedra katta o'qituvchisi D.Allaberganova "Inovatsion yondashuvlar asosida talabalarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirish", mustaqil izlanuvchi Sh.Bobojonova "Xorazm viloyatidagi o'g'uz shevalari gastranomik leksikasining tarixiy taraqqiyot manbalari", magistrant J.Jumaniyozov "Shovot tumanidagi ayrim mahalla nomlarining etimologik tahlili", doktorant I.Jamalatdinova "Somatizm tarkibli frazemalar" mavzularida ma'ruza qildilar. 

Seminarda kafedra professor-o'qituvchi hamda magistrantlari va ilmiy tadqiqotchilar faol qatnashdi va seminar mavzulari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulashish: