Close


Ilmiy-nazariy seminar

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat unversitetining Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti Geografiya kafedrasida 2026 yil 27-mart kuni navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi. Ilmiy-nazariy seminarda "Georafiya" kafedrasi professor-o'qituvchilari, doktorant va magistrant talabalari ishtirok qildilar. Ilmiy-nazariy seminarda "Geografiya " kafedrasi tayanch doktoranti Gulimmatova Iroda Baxtiyarovna “Xorazm viloyati aholisi maktabgacha ta’lim muassasalari bilan ta’minlanganligining hududiy xususiyatlari” mavzusida taqdimot qildi. Ilmiy-nazariy seminar davomida kafedraning professor-o'qituvchilari mavzu doirasida fikr-mulohazalarini bildirdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Ulashish: