Close
Skip to main content


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) bilan hamkorlikda yangi istiqbollar: muzey faoliyati rivojlanmoqda.

Urganch davlat universiteti huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. (TIKA) Prezidenti o‘rinbosari Ali Yujel hamda vakolatxona rahbari Esin Ajar Ergin boshchiligidagi delegatsiyaning navbatdagi tashrifi bo’lib o’tdi. Mazkur tashrif doirasida 2026-yilga mo‘ljallangan yangi istiqbolli rejalar belgilab olindi. Xususan, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish, “Xorazm vohasi” mavzusida fotoko‘rgazma tashkil etish, “Yosh tarixchilar maktabi” loyihasini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy diplomatiya va qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ulashish: