Close
Skip to main content


«O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Xorazm viloyatida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdi.

«O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Mirtolipovich Yusupov hamda Xorazm viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Rahimbergan Matrasulov boshchiligidagi tuman va shahar davlat arxivlari direktorlari Urganch Davlat universiteti tuzilmasidagi «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyiga tashrif buyurdilar.  Tashrif davomida mehmonlar muzey ekspozisiyasining mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv yakunida arxivlar va muzey o‘rtasida qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Agentlik direktori U.Yusupov muzey faoliyati va u yerda yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi. Uchrashuv yakunida arxivlar va muzey o‘rtasida O‘zbekiston tarixini o‘rganish, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Ulashish: