Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti “Roman–german filologiyasi” kafedrasida 3-aprel kuni 448-xonada navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda “Roman-german filologiyasi” kafedrasi oʻqituvchisi Gulimmatova Rashida Samandar qizining “Nemis tilini chet tili sifatida o‘qitishda autentik materiallardan foydalanish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
Ma’ruzada autentik materiallarning (gazeta, jurnal, video, audio va boshqa real hayotiy manbalar) til o‘rganish jarayonidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, bunday materiallar yordamida o‘quvchilarning tinglab tushunish, o‘qish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, tilni tabiiy muhitda o‘rganish imkoniyatini yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Seminar yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ilmiy-uslubiy seminar qizg‘in va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.