Close
Skip to main content


Fizika-matematika fakulteti jamoasi Turin politexnika universitetida o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 27–28-mart hamda 30-mart – 3-aprel kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “IC Densing Fundamentals and Skills Development Training Program” doirasida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Mazkur o‘quv dasturida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, fakultet dekan o‘rinbosari M. Xalilloyev, Fizika kafedrasi dotsentlari A. Abdikarimov va X. Saporov, doktorantlar B. Jumabayev va E. Xayitbayev hamda magistrant D. Ismoilov ushbu mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Mazkur trening dasturi ishtirokchilarning zamonaviy ilmiy-texnik bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajribalarni o‘zlashtirishga xizmat qilmoqda.

Ulashish: