Close
Skip to main content


Rektor huzuridagi kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Urganch davlat universitetida rektor huzuridagi kengashning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish universitet rektori Feruza Madraximova raisligida o‘tkazilib, unda barcha prorektorlar, fakultet dekanlari hamda tegishli rahbar xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibidan universitet faoliyatining dolzarb va ustuvor yo‘nalishlariga oid masalalar o‘rin oldi. Xususan, talabalar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar fakultetlar kesimida atroflicha tahlil qilindi. 

Shuningdek, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, dars sifati va talabalar davomatini mustahkamlash masalalari muhokamaning markazida bo‘ldi. Ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda xalqaro hamkorlik yo‘nalishini tizimli ravishda rivojlantirish, faoliyatini tartibga solish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu borada universitetning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qiladigan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Rektor tomonidan universitetda mavjud IT, muhandislik, turizm hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq yo‘nalishlarda yangi tashabbuslar ilgari surilib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

Shu bilan birga, 7-aprel kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan sport sohasiga oid  videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida universitetda har "Chorshanba — sport kuni" etib belgilandi. 

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi boshqa tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Ulashish: