Xujamov Jumanazar Urazmetovich Urganch davlat universiteti Matematik tahlil kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. J.Xujamov 40 dan ortiq ilmiy maqola va 5 ta uslubiy qo’llanma chop qildirgan. Talabalarni respublika va xalqaro olimpiadalarga tayyorlashda faol ishtirok etib kelgan. 10 dan ortiq shogirdlari respublika va xalqaro olimpiadalarda g’olib bo’lgan. “Al - Xorazmiy” xalqaro olimpiadasi va Xorazm viloyatida tashkil qilingan “Sirtqi olimpiada” larning tashkilotchilaridan biridir.
Fizika-matematika fakulteti jamoasi nomidan J.Xujamovni boshlagan yangi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat tilaymiz!