“She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovining final bosqichining ikkinchi qismi Rus tili ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin ijodiga bag‘ishlab o‘tkazildi. Unda rus tili ta’lim yo‘nalishining 4 nafar talabasi ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra, O‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi Rahimova Iroda hamda Rus tili ta’lim yo‘nalishi talabasi Ibodullayeva Guli mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda tanlovda faol ishtirok etgan talabalarni fakultet dekani, professor D. G‘ayipov samimiy tabriklab, tashakkurnoma, pul mukofoti vaucheri, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi.