Close
Skip to main content


Ijara xonadonlarida xavfsizlik: kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda

Kuz–qish mavsumida yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Urganch davlat universiteti hamda Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida profilaktik tadbirlar boshlab yuborildi.

Bugun mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Urganch davlat universiteti birinchi prorektori Sh. Allaberganov hamda Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Xudashukurov boshchiligida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda dekan o'rinbosarlari, tyutorlar va yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullarga talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarini manzilli o‘rganish, mavjud xavfsizlik holatini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

Kuz–qish mavsumini xavfsiz o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida universitet va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruhlar shakllantirilib, ijara xonadonlaridagi o‘rganish ishlari boshlandi.



















Ulashish: