Close
Skip to main content


Talabalar turar joyida uchrashuv

2026-yil 6-oktabr kuni Ingliz filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalarning yashash sharoiti, tozalik va tartib-intizomi bilan tanishdilar.Tashrif davomida “Ustozlarga ehtirom” mavzusida PhD Annaxasanova I.B., PhD Ruzmetova O.A., PhD Karimova F.S., PhD Otajonova L.O., PhD Umarova S.S. va PhD Artikova D.E. tomonidan mazmunli suhbat o‘tkazildi.Suhbatda ustozlarga hurmat, davlat tilining jamiyatdagi o‘rni, ona tilimizning qadri hamda yoshlarning mas’uliyati haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, tozalik, gigiyena, xonalarni saramjon saqlash va jamoaviy yashash madaniyati yuzasidan tavsiyalar berildi.

Ulashish: