Close
Skip to main content


UrDU "Dasturiy injiniring" kafedrasi jamoasi Xitoydagi xalqaro tanlov finalida qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritdi!

 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Dasturiy injiniring”  kafedrasi professor-o’qituvchilari 15-Xitoy innovatsiya va tadbirkorlik tanlovining “AI + qurilish texnikasi” yo’nalishi (tashkilotchi — XCMG) bo’yicha finalga chiqdi.

Loyiha — SmartFleet UZ: qurilish texnikasidagi nosozliklarni sun’iy intellekt yordamida oldindan bashorat qiluvchi platforma.

Jamoa: dotsent Madaminov Uktamjon, Jumanazarov Azizbek, Egamberganova Fazilat,  Sharipova Saidaxon

125 ta xorijiy loyihadan 12 tasi finalga chiqdi. UrDU jamoasi — Markaziy Osiyodan yagona finalchi!

Final: 29-oktabr, Syujou shahri (Xitoy)
Taqdirlash: 30-oktabr

Jamoaga omad tilaymiz!

Ulashish: