UrDUda Xorijiy filologiya fakulteti taşabbusi bilan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi
Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida Xorijiy filologiya fakulteti taşabbusi bilan “Qiyosiy adabiyotşunoslik, çoğiştirma tilşunoslik va tarjimaşunoslikning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman taşkil etildi.
Anjumanda AQŞ, Fransiya, Indoneziya, Filippin, Hindiston, Misr, Eron, Turkiya, Janubiy Afrika Respublikasi hamda Özbekiston olimlari, şuningdek, universitet professor-öqituvçilari, tadqiqotçilar va talaba-yoşlar iştirok etdi.
Anjuman avvalida xorijiy va mahalliy iştirokçilar tantanali ravişda kutib olindi. Konferensiyani universitetning ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori Alimardon Atamuratov kiriş sözi bilan oçib, uning ahamiyati haqida fikr bildirdi hamda iştirokçilarga muvaffaqiyat tiladi. Şuningdek, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Zohid Jumaniyozov tabrik nutqi bilan sözga çiqdi.
Konferensiyaning yalpi majlisida iştirokçilarning ilmiy ma’ruzalari tinglanib, qiyosiy adabiyotşunoslik, çoğiştirma tilşunoslik va tarjimaşunoslikning dolzarb masalalari, madaniyatlararo kommunikatsiya, zamonaviy ilmiy izlanişlar hamda til öqitiş jarayonida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Kunning ikkinçi yarmida ham davom etgan anjuman doirasida sohalardagi mavjud muammolar, ilmiy tadqiqotlarning istiqbolli yönalişlari va kelgusidagi vazifalar yuzasidan özaro fikr almaşildi.
Anjuman yakunida iştirokçilarga sertifikatlar tantanali ravişda topşirildi.

.jpg)



.jpg)
.jpg)


