Close
Skip to main content


DLL -Symposium

DLL hamkorligining 5 yilligiga bag‘ishlangan simpozium bo‘lib o‘tdi
2026-yil 28-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “DLL — Deutsch Lehren Lernen — Nemis tilini o‘qitishni o‘rganish” dasturi doirasida Goethe Instituti bilan hamkorlikning 5 yilligiga bag‘ishlangan simpozium bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetidan ham o'qituvchilar va talabalar qatnashdilar. Mazkur simpoziumda DLL hamkorligi doirasida erishilgan yutuqlar, natijalar va kelgusi yillarda hamkorlikni yanada kuchaytirish borasidagi takliflar muhokama qilindi. “DLL — Deutsch Lehren Lernen — Nemis tilini o‘qitishni o‘rganish” dasturi orqali UrDU Roman-german filologiyasi kafedrasi o'qituvchilari ko'plab DLL kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, talabalarga chet tili darslarni samarali tashkil etish bo'yicha bilim berib kelyaptilar. 

Ulashish: