Close
Skip to main content


UrDUga Malayziya Islom fanlari universiteti rahbariyati taşrif buyurdi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Malayziya Islom fanlari universiteti (Universiti Sains Islam Malaysia — USIM) delegatsiyasini qabul qildi.

Delegatsiya tarkibida universitet prorektori, professor Dato’ Ts. Dr. Şarifudin Md Şaarani, prorektorning maxsus yordamçisi Mohamad Alif bin Marzuki, Muhandislik va quriliş muhiti fakulteti dekani, dotsent Dr. Nurul Syala Abdul Latip hamda universitetning maslahatçi vakili Dr. Ozoda Yuldaşeva, şuningdek, universitetning masʼullatri iştirokida rasmiy muzokaralar bölib ötdi.

Unda kki oliy ta’lim muassasasi örtasida xalqaro ilmiy-akademik hamkorlikni mustahkamlaş, professor-öqituvçilar va talabalar akademik mobilligini kengaytiriş, qöşma ta’lim dasturlarini yölga qöyiş istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, arxitektura, muhandislik, turizm va oziq-ovqat texnologiyalari yönalişlarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga eʼtibor qaratildi.













Ulashish: