Xorazm viloyati Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litsey o‘quvchilari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga ma’rifiy tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida muzey xodimi A. Vapayev tomonidan o‘quvchilarga qatag‘on siyosati qurbonlarining hayoti, faoliyati va fojeali taqdiri haqida arxiv hujjatlari hamda tarixiy manbalar asosida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar muzey ekspozitsiyasidan joy olgan noyob tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va boshqa eksponatlar bilan yaqindan tanishib, xalqimiz tarixining murakkab va fojiali davrlari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur ma’rifiy tashrif yosh avlodning tarixiy bilimlarini boyitish, milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar xotirasiga hurmat va tarixiy xotira tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
