Close
Skip to main content


“Ma’rifat ulashib” loyihasi ishtirokchilari muzeyda

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli ijodkorlar Ashurali Boymurod, Niyatullo Elbek o‘g‘li (Meliqulov) hamda Habib Abdunazar (Abdiyev) tashrif buyurdilar. Muzey direktori Y. Karimov mehmonlarni muzey ekspozitsiyalari, tarixiy hujjatlar, noyob eksponatlar hamda qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirdi. Uchrashuv davomida yurtimiz tarixini chuqur o‘rganish, tarixiy xotirani asrab-avaylash, milliy va ma’naviy merosimizni keng targ‘ib etish, shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur tashrif mehmonlarda katta taassurot qoldirib, tarixiy xotirani kelajak avlodga yetkazish borasidagi ma’rifiy ishlarning ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

 

Ulashish: