Tarixiy xotira va vatanparvarlik ruhidagi madaniy-ma’rifiy tadbir .Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari uchun mazmunli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida harbiy xizmatchilar Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurib, xalqimiz tarixining murakkab davrlari, qatag‘on qurbonlarining hayoti va taqdiri haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ular “Matonatli Maryam” badiiy filmini tomosha qildilar. Film ishtirokchilarda sabr-toqat, jasorat, matonat va fidoyilik kabi insoniy fazilatlar haqida chuqur taassurot qoldirdi. Mazkur tadbir harbiy xizmatchilarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi. Xotira — millat ko‘zgusi, Vatanga muhabbat esa yuksak burchdir!
