#Turizm_haftaligi
🏛 UrDUda “Turizm ta’limi haftaligi” tadbirlariga start berildi






Bugun, 16-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetida “Xorazm – tarix, madaniyat va turizm ta’limi maskani” şiori ostida “Turizm ta’limi haftaligi” tadbirlari boşlandi.
Haftalik doirasida Iqtisodiyot fakulteti dekani Ilyos Abdullayev talabalar bilan uçraşib, turizm sohasining bugungi kundagi ahamiyati, Xorazm viloyatining boy tarixiy-madaniy merosi va turistik salohiyati, şuningdek, sohada malakali mutaxassislar tayyorlaşning dolzarb masalalari xususida fikr yuritdi.
16–20-noyabr kunlari davom etadigan haftalik talabalarning turizm sohasiga oid nazariy bilim va amaliy könikmalarini oşiriş, hududning turistik imkoniyatlarini keng tarğib etiş hamda soha vakillari bilan hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan.
Şuningdek, uçraşuvda haftalik doirasida taşkil etiladigan ma’rifiy uçraşuvlar, mahorat muloqotlari, ekskursiya va sayohatlar, amaliy maşğulotlar hamda innovatsion loyihalar haqida ma’lumot berilib, talabalar uşbu tadbirlarda faol iştirok etişga çorlandi.
💬UrDU YOŞLARI