Vaisova Moxira Davlatboyevna – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Matematik tahlil kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritadi. U o‘zining ilmiy izlanishlarini matematik analiz, ko‘p kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi, analitik davom qildirishlar nazariyasi, α-subgarmonik funksiyalar, m-subgarmonik funksiyalar sinfida potensiallar nazariyasiga oid dolzarb masalalarni o‘rganishga bag‘ishlagan. Uning ilmiy ishlari zamonaviy matematik analiz yo‘nalishidagi nazariy masalalarni yechishga qaratilgan bo‘lib, xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda bir qator maqolalari chop etilgan. M.D. Vaisova bakalavr va magistratura talabalari uchun matematik analiz, funksional analiz, kompleks o‘zgaruvchili funksiya nazariyasi va Potensiallar nazariyasi fanlaridan ma’ruzalar o‘qiydi hamda yosh tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qiladi.
Hodim haqida ma'lumot (PDF)