Close
Skip to main content


RASMIY MUNOSABAT


Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Urganch davlat universitetida faoliyat yuritayotgan Ilmiy kengash hamda ikki nafar rahbar xodim haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan anonim murojaat universitet rahbariyati tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar davomida murojaatda keltirilgan ma’lumotlarning asossiz ekani aniqlanib, mazkur murojaat haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, ya’ni tuhmat xarakteriga ega ekani ma’lum bo‘ldi.

Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini va keng jamoatchilikni tekshirilmagan, asossiz hamda anonim ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqiramiz.

Urganch davlat universiteti rahbariyati

Поделиться