Urganch davlat universitetining ijara xonadonlarida yashovchi talabalari xolidan xabar olindi
Ayni kunlarda Urganch davlat universitetiga yondosh mahallalarda ijarada yashovchi talabalarning holidan xabar olib, xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi oʻrganilmoqda.
Xususan, bugun UrDU profilaktika inspektori D.Sapayev hamda universitet tyutorlari kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida talabalarning yashash xonadonlarida boʻlib, uchrashi mumkin boʻlgan turli noxush holatlarni oldini olish boʻyicha tushuntirishlar berdilar.


