Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch davlat universitetida mehnat yarmarkasi bo`lib o`tdi


2021-yilning 8-iyun sanasida Urganch davlat universiteti hamda Xorazm viloyati Maktabgacha ta`lim boshqarmasi hamkorligida  Mehnat yarmarkasi tashkil qilindi. Unda Xorazm viloyati Maktabgacha ta`lim tashkilotlari o`zining bo`sh ish o`rinlari bilan qatnashdilar.
 
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA MEHNAT YARMARKASI
Mehnat yarmarkasini Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullayev kirish so`zi bilan ochib berib, ushbu yarmarka universitetning tegishli yo`nalishlar bitiruvchilari uchun ajoyib imkoniyat ekanligini ta`kidlab, tashabbuskorligi uchun Xorazm viloyati Maktabgacha ta`lim boshqarmasiga o`z minnatdorchiligini bildirdi.
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA MEHNAT YARMARKASI
Shundan so`ng, Xorazm viloyati Maktabgacha ta`lim boshqarmasi boshlig`i  Iroda Yakubova so`zga chiqib, yarmarka ishiga rivoj tiladi va  bitiruvchilarga bo`sh o`rinlar, lavozimlar haqida ma`lumot berib o`tdi. 
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA MEHNAT YARMARKASI
Ushbu yarmarka barcha ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun  tashkil qilingan bo`lib, unda musiqa rahbarligi, ingliz tili, rus tili  o‘qituvchilari hamda jismoniy tarbiya yo‘riqchilari va boshqa lavozimlarga bo‘sh ish o‘rinlari bilan viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta`lim muassasalari ishtirok etdilar.
Yarmarka davomida bitiuvchilar o`zlariga mos bo`sh o`rinlar bilan tanishdilar  va  ular bilan shu joyning o`zida "Yosh mutaxassisni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish to‘g‘risida"gi shartnoma  imzolandi.
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA MEHNAT YARMARKASI
Yarmarka yakunida  UrDU Marketing va talabalar amaliyoti bo`limi boshlig`i Q.Yo`ldoshev  so`zga chiqib, hamkorlik uchun minnatdorchilik sifatida  Xorazm viloyati Maktabgacha ta`lim boshqarmasi boshlig`i hamda xodimlariga UrDU rektorining Tashakkurnomalarini tantanali ravishda topshirdi.
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA MEHNAT YARMARKASI
 
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA MEHNAT YARMARKASI
 
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA MEHNAT YARMARKASI
 
 

Ulashish: