Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Professor Xushnud Babajonov tavalludining 80 yilligi, ilmiy-pedagogik faoliyatining 55 yilligiga bag`ishlangan ilmiy-nazariy anjuman o`tkazildi


Urganch davlat universitetining faxrli ustozlaridan biri,  professor, tilshunoslik  fanining rivojiga munosib hissa qo`shib kelayotgan, rus tili metodikasini shakllanishida o`z o`rniga ega  yetuk olim Xushnud Babajonov tavalludiga  80 yil, ilmiy-pedagogik faoliyatiga esa 55 yil to`ldi. 
 
Ushbu sana munosabati bilan bugun, 2021-yil 23-iyun kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida ilmiy-nazariy anjuman va tantanali kecha bo`lib o`tdi.
 
O‘z qalb qo‘rini, ko‘z nurini, mehr – muhabbatini ilm-fan rivojiga bag`ishlagan,  kelajagi buyuk yurtga barkamol avlodlarni – komil insonlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani zimmasiga olib, bu olijanob ishni sharaf bilan bajarishga bel bog`lagan ustozmizni qutlash, e’zozlash maqsadida  respublikaning taniqli akademiklari, professor hamda fan doktorlari, ustozning kasbdosh do`stlari, oila a`zolari,  universitet professor-o`qituvchilari hamda talaba-yoshlar to`plandi.
 
PROFESSOR XUSHNUD BABAJONOV TAVALLUDINING 80 YILLIGI, ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATINING 55 YILLIGIGA BAG`ISHLANGAN ILMIY-NAZARIY ANJUMAN O`TKAZILDI
Anjumanni  Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev kirish so`zi bilan ochib berib, o`z tilak-istaklari ila ustozni qizg`in tabriklab, rektorat nomidan esdalik sovg`alar taqdim qildi.
 
Anjumanda viloyat hokimining  o‘rinbosari S.Salayev,  akademik A.Sa`dullayev, professor K.Eshchanov, f.f.d, professor S.Ro`zimboyev, f.f.d, professor Z.Do`simov, Filologiya fakulteti dekani dots. D.G`ayipov, BuxDU professori I.G`aniyev, t.f.d., professor M.Jumaniyozov, t.f.d, professor R.Abdullayev, professor A.Jumaniyozov, Xorijiy filologiya fakulteti dekani  dots. Z.Jumaniyozov, f.f.d N.Sobirova va boshqalar so`zga chiqib, ustozning hayoti va ilmiy faoliyati, olib borgan tadqiqotlari, ustoz-shogird an`analari,  tashabbuskorligi, jamoada ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yо‘lidagi xizmatlarini e`tirof etib, o`z dil izhorlari, samimiy tilak va istaklarini bildirdilar.
PROFESSOR XUSHNUD BABAJONOV TAVALLUDINING 80 YILLIGI, ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATINING 55 YILLIGIGA BAG`ISHLANGAN ILMIY-NAZARIY ANJUMAN O`TKAZILDI
 
PROFESSOR XUSHNUD BABAJONOV TAVALLUDINING 80 YILLIGI, ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATINING 55 YILLIGIGA BAG`ISHLANGAN ILMIY-NAZARIY ANJUMAN O`TKAZILDI
 
PROFESSOR XUSHNUD BABAJONOV TAVALLUDINING 80 YILLIGI, ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATINING 55 YILLIGIGA BAG`ISHLANGAN ILMIY-NAZARIY ANJUMAN O`TKAZILDI
 
PROFESSOR XUSHNUD BABAJONOV TAVALLUDINING 80 YILLIGI, ILMIY-PEDAGOGIK FAOLIYATINING 55 YILLIGIGA BAG`ISHLANGAN ILMIY-NAZARIY ANJUMAN O`TKAZILDI
Anjumanning badiiy qismida talabalar tomonidan ustozni ulug`lovchi  tabrik  she`rlar hamda kuy-qo`shiqlar  ijro etildi.
Anjumanda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ulashish: