Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



UrDU rektori bitiruvchi magistrlar bilan uchrashdi


5-iyul: Kunning birinchi yarmida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev oliygohda tahsil olayotgan bitiruvchi magistrlar hamda tegishli mutaxassisliklarning kafedra mudirlari bilan uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuv erkin muloqot tarzida olib borildi. Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan universitet rektori ma’ruza qildi.
 
“— Bugun oliy ta’lim tizimiga berilayotgan yuksak e’tiborni universitetimiz misolida ham ko‘rib, guvohi bo‘lib turibmiz va mazkur jarayonlarning bevosita ishtirokchisimiz”, - deya so`z boshladi B.Abdullayev.
UrDU rektori bitiruvchi magistrlar bilan uchrashdi
Rektor so`zi davomida ishga joylashish, ya`ni bitiruvchilarni ishga qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtixon qilinishi, shuningdek, IELTS sertifikatiga ega bo`lishlari lozimligini ta`kidladi.
 
Magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash, davlat imtihonlarini topshirishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tamagirlik holatlarini oldini olishda hamkorlikning chora-tadbirlari haqida so‘z yuritdi.
 
Himoya ishlarining ilmiy natijadorligi yuqori baholanishi bilan birga universitet reytingini oshirishga xizmat qilishi ham ta’kidlab o‘tildi. Magistratura talabasi yuqori muomala madaniyati va mustahkam bilimi bilan boshqalardan ajralib turishi kerakligi haqida ham so`z bordi.
UrDU rektori bitiruvchi magistrlar bilan uchrashdi
Bitiruvchi magistrlar ham o`zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat  qilib, tegishli javoblar oldilar.
 
Rektorning bititruvchi magistrlar bilan uchrashuvlari davom etadi.

Ulashish: