Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ta`limda yangilik: innovatsion g`oyalarning ahamiyati


6-iyul:  Urganch davlat universitetida "Ta`limda yangilik: Innovatsion g`oyalarning ahamiyati"" mavzusida Ochiq muloqot o‘tkazildi. 
 
TA`LIMDA YANGILIK: INNOVATSION G`OYALARNING AHAMIYATI
 
 
 
TA`LIMDA YANGILIK: INNOVATSION G`OYALARNING AHAMIYATI
UrDU Ilmiy  ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektori Z.Ibragimov ishtirokida o`tgan ushbu Ochiq muloqotda Tabiiy fanlar hamda Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetlari talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Uchrashuv erkin muloqot tarzida olib borildi.  
TA`LIMDA YANGILIK: INNOVATSION G`OYALARNING AHAMIYATI
Z.Ibragimov so`zga chiqib, ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pеdagogik faoliyat haqida, universitetda ilmiy ishlar va xalqaro aloqalarning  borishi,  xorij mamlakatlarining oliy taʼlim muassasalari bilan o`rnatilgan hamkorlik aloqalari, bugungi kunda oliy ta`lim tizimida chet tillarini o`rganishni  kun tartibidagi dolzarb masalaga aylanganligi, Kredit-modul tizimining  joriy qilinishi hamda unga bosqichma-bosqich o`tish bilan bog`liq chora-tadbirlar, universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar  haqida atroflicha ma`lumot berdi.   Ushbu  imkoniyat va sharoitlardan oqilona foydalanib, chuqur bilim olishga chaqirdi.
TA`LIMDA YANGILIK: INNOVATSION G`OYALARNING AHAMIYATI
Ochiq muloqot qizg`in savol-javoblarga boy tarzda o`tdi. Talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.

Ulashish: