2021-yilning 10-avgust sanasidan boshlab Urganch davlat universitetida magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish imtihonlari boshlandi.
Bugun Lingvistika: Ingliz tili, Lingvistika: O`zbek tili, Tarix (yo`nalish va faoliyat turi bo`yicha), Adabiyotshunoslik: o`zbek adabiyoti, Arxeologiya mutaxassisliklariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Imtihonlar 3 smenada Jismoniy madaniyat fakultetining 1-2 sport zallarida o`tkaziladi va bugunning o‘zida 3 smenada jami 603 nafar yoshlar imtihon topshirishlari rejalashtirilgan.
Barcha karantin talablariga to‘liq rioya qilgan holda, jarayonlarning tartibli va adolatli o‘tishi ta’minlanmoqda.
Imtihonlarni o‘tkazish jarayonini yanada shaffof, ochiq va adolatli o‘tkazish maqsadida internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatish yo‘lga qo‘yildi: http://cam.urdu.uz/
Magistraturaga kirish imtihonlari 10-avgustdan 14-avgustga qadar davom etadi.


