Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyati kengashi hamda Urganch davlat universiteti hamkorligida tadbir o`tkazildi


Dunyo ichra teng mustaqil O`zbekiston har birimiz uchun muqaddas bo`lgan shu zaminni mavqeyi jahon siyosati, iqtisodiyoti va ilm-fani, san`ati va sporti shohsupalaridagi g`alabalari haqli e`tirofga sazovor bo`lyapti. 
Bu yil mana shu jannatmonand yurtimiz mustaqilligining  30 yilligini qalblarimizda o`zgacha g`urur bilan qarshi olmoqdamiz. “Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida joylarda hozirdan bayram shukuhi hukm sura boshladi. 

Ana shunday tantanavor shior ostida bugun, 27-avgust sanasida O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyati kengashi hamda Urganch davlat universiteti hamkorligida universitet Madaniyat saroyida  tadbir tashkil qilindi. Unda partiya xodimlari,  olima ayollar, deputatlar hamda universitet jamoasi ishtirok etdilar. 

Tadbirda so`z olganlar bugungi shukrona kunlarimizni  ulug`lab, dunyoning turli nuqtalaridagi notinch vaziyatlardan to`g`ri xulosa chiqarib, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta`minlash har qachongidan ham dolzarb ekanligini alohida ta`kidladilar. Eng ulug` qadriyatimiz bo`lgan istiqlolning 30 yillik shodiyonasi bilan yig`ilganlarni qizg`in tabrikladilar. 

urdu.uz

urdu.uz

urdu.uz

Ulashish: