Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning bayram tabrigi


urdu.uz, O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI MUNOSABATI BILAN  URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI BAXROM ABDULLAYEVNING BAYRAM TABRIGI

Bugun O‘zbekiston xalqi o‘tgan ajdodlarimizning azaliy orzusi bo‘lgan Mustaqilligimizning 30 yilligi bayramini yuraklarida yuksak g‘urur va iftixor bilan keng nishonlamoqda. Ayniqsa, joriy yil ushbu shodiyonaning "Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" ezgu g‘oyasi ostida o‘tkazilayotganligi barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Shu fursatdan foydalanib, eng ulug‘ va eng aziz ayyomni katta xursandchilik hamda zafarlar bilan qarshi olayotgan butun universitetimiz jamoasini, O‘zbekiston xalqini — Istiqlolimizning qutlug‘ 30 yillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Betakror Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik!  Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, farzandlarimiz va nabiralarimizning baxt-u iqbolini ko‘rish nasib etsin! O‘zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin! 

   Hurmatli hamkasblar, qadrli talabalar!

Yana bir bor Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami bilan siz azizlarni va siz orqali oila aʼzolaringizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon boʻlsin! Barchamizga mana shu eng ulugʻ, eng muqaddas bayram muborak boʻlsin!

 

Baxrom Ismoilovich Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori, fizika-matematika fanlari doktori

Ulashish