Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Oʻquv jarayonlariga xorijdan tajribali mutaxassislar jalb qilinmoqda


Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish kun sayin dolzarb masalaga aylanmoqda. Bu borada Urganch davlat universiteti dunyoning ko`plab rivojlangan davlatlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
2021-yilning 10-sentabr kuni English language Fellow Program dasturi stipendianti Estella Iton  AQSHning O`zbekistondagi elchixonasi  vakillari Brayn Tayers, Muhlisa Rasulova, hamda Sardor Gazievlar  hamrohligida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.  Mehmonlarni  universitet Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori  G‘ayrat O‘razboyev, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Elyor Yo‘ldashov va Xorijiy filologiya fakulteti katta o‘qituvchisi Feruza Masharipovalar kutib oldilar.
O`zaro muzokaralarda so`ng, UrDU rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Rektor Baxrom Abdullayev  English language Fellow Program dasturi stipendianti Estella Iton  bilan yaqindan  tanishib, tashrif  uchun minnatdorchilik bildirdi, joylashtirish masalalari haqida suhbatlashdi.

urdu.uz;Oʻquv jarayonlariga xorijdan tajribali mutaxassislar jalb qilinmoqda

urdu.uz;Oʻquv jarayonlariga xorijdan tajribali mutaxassislar jalb qilinmoqdaurdu.uz;Oʻquv jarayonlariga xorijdan tajribali mutaxassislar jalb qilinmoqdaurdu.uz;Oʻquv jarayonlariga xorijdan tajribali mutaxassislar jalb qilinmoqda

UrDU Matbuot xizmati

Ulashish: